Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

17 yoshli iste’dodli futbolchi cho‘kib ketdi

17 yoshli iste’dodli futbolchi cho‘kib ketdi

Foto: «UzNews.uz»

6-iyul kuni soat 13:00 — 14:00 orasida 17 yoshli futbolchi do‘stlari bilan Chimqo‘rg‘on suv omboriga cho‘milishga borgan va cho‘milish paytida cho‘kib ketgan. Do‘stlari uning jasadini qirg‘oqqa olib chiqqan. Bu haqda mahalliy hokimlikdagi manbasiga tayanib UzNews.uz xabar berdi.

Aniqlanishicha, 17 yoshli yigit «Samarqand» mahallasida yashagan va oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgan. U yaqinda 83-maktabni tamomlagan va futbol bo‘yicha tuman terma jamoasining eng iste’dodli vakillaridan biri bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring