Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abramov mag‘lubiyatga izoh berdi

Abramov mag‘lubiyatga izoh berdi

Foto: O‘FA

Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston uchrashuvidan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘yinga izoh berdi.

– Saudiya Arabistonini tabriklayman. Jahon chempionatiga yo‘llanma olishini tilayman. Bizning jamoani ko‘pchilik muxlislarimiz qo‘llab-quvvatlashdi. Ularning ishonchini oqlay olmaganimiz uchun uzr so‘rayman.

Futbolchilarni psixologik tushkunlik holatidan chiqara olmaganim mening xatoim. Boshidan nima uchun bunchalik bo‘shashganimizni tushuntirib berishim qiyin.

Biz Saudiyaning qarshi hujumda tez harakat qilishini bilardik. Shunga qarab qanotlarni kuchaytirdik. Lekin oldinga o‘tib ketib birinchi va ikkinchi gollarni qabul qilib oldik. Raqiblarimiz juda osonlik bilan darvozamizga yo‘l topa oldi, dedi Abramov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh saralashini sharmandalarcha tark etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring