Aleksandr Geynrix qozoq klubiga murabbiy bo‘ladi

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Geynrix so‘nggi vaqtlarda «Ordabasi» jamoasi tarkibida so‘p surayotgan edi. Qozoq nashrlarida yozilishicha, u qozoq futbolidan uzoqlashmoqchi emas. U bir paytlar o‘z so‘p surgan «Aktobe» klubida seleksioner-murabbiy sifatida ish boshlaydi.
Aleksandr Geynrix o‘z faoliyatini 2001-yilda «Do‘stlik» klubida boshlagan. U shundan so‘ng «Paxtakor», «Lokomotiv», SSKA, «Torpedo», «Suvon Samsung Blyuvings» (Janubiy Koreya) va «Emireyts» (BAA) va «Aktobe» va «Ordabasi» klublarida to‘p surgan.
Aleksandr Geynrix O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 98 o‘yin o‘tkazib, 31 gol urgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter