«Barselona» braziliyalik futbolchini sotib oldi

«Barselona» Rafinya transferini hal qildi. Futbolchi besh yillik shartnomaga imzo chekadi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Qayd etilishicha, kataloniyaliklar «Lids»ning braziliyalik vinger transferi uchun 58 million yevro to‘laydi. Shuningdek, 7 million yevro bonus ham bor.
Ushbu transferni bugun rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Avvalroq, braziliyalik futbolchiga «Chelsi», «Tottenxem» va «Arsenal» klublari ham qiziqish bildirayotgani, transfer uchun 75 million yevro taklif qilgani haqida xabar berilgandi, biroq futbolchining o‘zi faqat «Barselona»ga o‘tishni istagan.
O‘tgan mavsumda Rafinya APLning 2021/22 yilgi mavsumida 35ta turda ishtirok etib, o‘n bitta gol urib, uchta golli uzatmani amalga oshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter