Boks. Nodirjon Mirzaahmedov oltin medalni qo‘lga kiritdi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida havaskor bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final janglari boshlandi. Dastlabki jangda Nodirjon Mirzaahmedov oltin medal uchun jang qildi.
-49 kg vaznda ringga chiqqan Nodirjon Mirzahmedov hindistonlik Dipakka qarshi ringga chiqdi. Yakunda hakamlarning baholariga ko‘ra, ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongan Nodirjon Mirzaahmedov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Bugun yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi finalda ringga chiqadi.
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov (O‘zbekiston) – Kavinder Singx Bisht (Hindiston)
-69 kg: Bobo Usmon Baturov (O‘zbekiston) – Sevonrets Okazava (Yaponiya)
-91 kg: Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Xyong Kyu Kim (Janubiy Koreya)
+91 kg: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Qamshibek Konkabayev (Qozog‘iston).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter