Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chusovitina Olimpiadaga borish uchun jahon chempionatidan voz kechdi

Chusovitina Olimpiadaga borish uchun jahon chempionatidan voz kechdi

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina 29-oktyabr kuni boshlanadigan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatiga bormaydigan bo‘ldi.

Chunki 47 yoshli sport afsonasining maqsadi ulkan. Keyingi mavsumga yaxshiroq tayyorlanish hamda 2024 yilgi Olimpiadaga yo‘llanma olish uchun JChni o‘tkazib yuborishga qaror qildi.

Chusovitina shu yil Qatar poytaxti Dohada o‘tgan Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Oksana Chusovitina haqida batafsil: video, foto, infografika 

Oksana Chusovitina Olimpiya o‘yinlarida 8 marotaba qatnashgan: O‘zbekistondan tashqari, MDH va Germaniya vakili bo‘lib borgan. 1992-yilgi Olimpiadada jamoaviy ko‘pkurashda chempion bo‘lgan. Jahon chempionatlarida uch marta oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring