Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChL: Barcha chorakfinalchilar aniqlandi. 15-mart kuni qur’a tashlanadi

YChL: Barcha chorakfinalchilar aniqlandi. 15-mart kuni qur’a tashlanadi

Foto: Sportbox

Yevropa chempionlar ligasining barcha 1/4 final qatnashchilari aniq bo‘ldi.

Sal avval tugagan o‘yinda Dortmundning «Borussiya»si PSVni yengib (1:1, 2:0), keyingi bosqichga chiqqandi.

Hozirgina tugagan so‘nggi — juda keskin kurashlarga boy va yakunda penaltilar seriyasi belgilangan uchrashuvda Madridning «Atletiko» jamoasi «Inter»ni taslim etdi (birinchi o‘yin — 0:1, ikkinchi o‘yin — 2:1, penaltilar bo‘yicha — 3:2).

Chorak final jamoalari:

  • «Arsenal»
  • «Bavariya»
  • «Barselona»
  • «Manchester Siti»
  • «PSJ»
  • «Real»
  • «Atletiko»
  • «Borussiya».

YChL 1/4 va 1/2 finali qur’a tashlash marosimi juma, 15-mart kuni Nyon (Shveysariya)da bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring