Eldor Shomurodov «Spartak»ka urgan gol «Rostov»ga g‘alaba keltirdi

Rossiya chempionati 23-turida «Rostov» o‘z maydonida «Spartak»ni qabul qildi va Eldor Shomurodov kiritgan gol evaziga g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 80-daqiqasiga kelib hisob 1:1 bo‘lib turgan edi. Ikkinchi bo‘limning oxirgi o‘n daqiqaligi boshlanishi arafasida Eldor Shomurodov bosh bilan zarba yo‘llab, gol kiritdi va jamoasiga g‘alaba taqdim etdi.
G‘alabadan so‘ng «Rostov»ning hisobidagi ochkolar 35 taga yetdi va jamoa Rossiya chempionatida 6-o‘rinda bormoqda.
Rossiya chempionati
23-tur
«Rostov» — «Spartak» — 2:1 (1:1)
Gollar: 1:0 — 13 Gatskan, 1:1 — 27 Zobnin, 2:1 — 80 Eldor Shomurodov.
«Rostov» — Pesyakov, Chernov, Logashov, Sigurdsson, Parshivlyuk, Yeremenko, Gatskan, Popov (Sigurdarson, 78), Normann, Ionov (Shomurodov, 63), Glebov (Zuyev, 77).
«Spartak» — Maksimenko, Bokketti, Jigo, Rasskazov, Ayrton, Glushakov (Fernando, 81), Zobnin, Melgarexo (Lomovitskiy, 73), Melkadze, Luis Adriano, Ze Luish (Xanni, 38).
Ogohlantirishlar: Parshivlyuk (28), Glebov (45), Logashov (56), Yeremenko (61), Bokketti (64), Melkadze (77).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter