Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erkinjon Turdimov viloyat shaxmat federatsiyasi rahbari bo‘ldi

Erkinjon Turdimov viloyat shaxmat federatsiyasi rahbari bo‘ldi

Foto: «O‘zA»

Samarqand viloyati shaxmat federatsiyasiga yangi rahbar saylandi.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov federatsiya raisligiga, xalqaro toifadagi grossmeyster Tohir Vohidov, yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sarvar Boboyev hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonqulov rais o‘rinbosarligiga ma’qullandi. 

Yig‘ilishda 2026 yil Samarqandda o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish, viloyatda shaxmatni rivojlantirish va ommalashtirish borasida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. 

Tadbir yakunida Budapesht shahrida o‘tkazilgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan va faol ishtirok etgan shaxmatchilar – Jahongir Vohidov, Afruza Hamdamova va Marjona Malikovaga viloyat hokimining tashakkurnomasi topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib saylangani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring