Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevrokuboklar va JChni ikki taniqli sharhlovchi sharhlaydi

Yevrokuboklar va JChni ikki taniqli sharhlovchi sharhlaydi

UZREPORT hamda SPORT telekanallari istisno tariqasida Davron Fayziyev va Xayrulla Hamidovga ikkala telekanal orqali yirik musobaqalarni muxlislar uchun sharhlab borish imkoniyatini taqdim etishdi.

«Shu munosabat bilan bizga ana shu taklif bilan chiqqan SPORT-TV direktori Zohid Karimovga hamda muxlislarning istagiga befarq bo‘lmay, ana shu amaliyotga rozilik bildirgani uchun UZREPORTTV va FUTBOLTV asoschisi Ravshan Jo‘rayevga minnatdorchilik bildiramiz. Bu qadam O‘zbekistonda sport translyasiyalarini amalga oshirishda raqobatlashayotgan kompaniyalarning o‘zaro do‘stona munosabatlari yo‘lida muhim voqeaga aylanadi deb umid qilamiz», deya xabar berdi Davron Fayziyev.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtgacha mamlakatimizda yirik turnirlar translyasiyasi ikki alohida telekompaniya tomonidan amalga oshirilar edi va sharhlovchilar bo‘lingan holatda ishlashga majbur edilar.

Xususan, o‘tgan mavsumda Yevrokuboklarni (YeChL, Yevropa ligasi va hok.) faqat SPORT telekanali sharhlovchilari sharhlashgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring