Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli futbol sharhlovchisi vafot etdi

Taniqli futbol sharhlovchisi vafot etdi

Rossiyalik taniqli sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin vafot etdi. Bu haqda Match TV xabar bermoqda. 

Utkin mart oyida 52 yoshga to‘lgandi. O‘limga sabab sifatida yurakdagi muammolar keltirilmoqda. 

Utkin hayoti davomida ortiqcha vazndan aziyat chekib kelgan va 215 kilogrammgacha yetgandi. Germaniyadagi operatsiyada so‘ng u vaznini 125 kg.gacha tushirishgacha muvaffaq bo‘lgan. 

Utkinning 2018-yildagi jahon chempionatida Xorvatiya - Argentina o‘yinida hamyurtimiz Ravshan Ermatov haqidagi nojo‘ya gapirgani katta rezonansni keltirib chiqargandi.  Sharhlovchi so‘ngra Ermatovdan uzr so‘rab chiqqandi.  

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring