Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa chempionatining ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

Yevropa chempionatining ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

Who Scored internet tahliliy portali yakunlangan 2024-yilgi Yevropa chempionati natijalariga ko‘ra o‘zining ramziy jamoasini tuzib chiqdi.

Unda Giorgi Mamardashvili (Gruziya), Yaka Biyol (Sloveniya), Yezua Kimmix (Germaniya), Pepe, Nuno Mendes (ikkalasi ham Portugaliya), Lamin Yamal, Daniyel Olmo, Fabian Ruis (barchasi Ispaniya), Kodi Gakpo (Niderlandiya), Kay Xavers (Germaniya), Kilian Mbappe (Fransiya)lar o‘rin oldi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilgi Yevropa chempionati final uchrashuvida Angliya va Ispaniya terma jamoalari to‘qnash kelishdi. Berlindagi «Olimpiastadion» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida ispanlar foydasiga hal bo‘ldi. Niko Uilyamsning goliga inglizlardan Koul Palmer aniq zarba bilan javob qaytardi. Ammo Ispaniya o‘yin oxiriga qadar yana urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ispaniya terma jamoasi tarixida Yevropa chempionatlarida to‘rtinchi sovrinni qo‘lga kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring