«Hindistonga qarshi bahs juda murakkab bo‘ladi» — Srechko Katanets
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Osiyo Kubogining 2-turi oldidan mutbuot anjumanida qatnashdi.
— Ertangi bahs juda murakkab bo‘ladi va biz bunga tayyormiz. Hindistonga qarshi uchrashuv umuman boshqacha ruhda o‘tadi. Raqibimiz yaxshi shakllangan va agressiv jamoa, biroq bizning futbolchilar o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsata olishadi, deb o‘ylayman. Ertangi uchrashuvda 90 daqiqa davomida e’tiborli bo‘lishimiz kerak.
Raqib jamoaning muxlislari ko‘proq bo‘lishi mumkin. Buning o‘ziga yarasha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Bizda hech qanday bosim yo‘q. Hojiakbar Alijonov jarohati sababli o‘ynay olmaydi.
Eronga qarshi uchrashuvdagi muvaffaqqiyatimiz futbolchilarning o‘yinga munosabati bilan bog‘liq edi. Hatto 10 nafar himoyachi maydonda harakat qilgan taqdirda ham, agar ularda xohish bo‘lmasa, bundan naf yo‘q. Suriya bilan o‘yinga kelsak, raqib murabbiyi ikki nafar hujumkor o‘yinchini maydonga tushirdi, shu sabab ham o‘zgarishga qo‘l urmadim. Ushbu bahs ortda qoldi, hozir gapirgandan foyda yo‘q, dedi bosh murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Osiyo kubogini ko‘ngildagidek boshlay olmadi. Suriya bilan bahsda golsiz durang qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter