Irlandiyalik bokschi chempionlik jangidan bir hafta o‘tib vafot etdi

Irlandiyalik bokschi Jon Kuni chempionlik jangida jarohat olganidan bir hafta o‘tib, 28 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi The Guardian.
Kuni 59 kg vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qila olmadi. Uning 1 fevral kuni uelslik Natan Xouyells bilan kechgan jangi to‘qqizinchi raundda to‘xtatildi.
Kuni intrakranial qon ketishi tufayli reanimatsiyaga yotqizilgan va operatsiya qilingan. Biroq u bir haftadan so‘ng kasalxonada vafot etdi.
Kuni 2023 yili chempionlik kamariga ega chiqqach, qo‘lidan olgan jarohati tufayli bir yil boks bilan shug‘ullanmadi, ammo 2024 yil oktyabr oyida tanzaniyalik Tampela Maxarusini mag‘lub etib, kamarini himoya qilgandi.
Umumiy hisobda Kuni 11 g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter