Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniya La Ligasida eng ko‘p maosh oladigan futbolchi ma’lum bo‘ldi

Ispaniya La Ligasida eng ko‘p maosh oladigan futbolchi ma’lum bo‘ldi

Frenki de Yong (chapda).

Foto: Sport24.ru

Kataloniyaning «Barselona» klubi yarimhimoyachisi Frenki de Yong Ispaniya La Ligasida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Capology xabar berdi.

Niderland futbolchisiga 2024/2025 mavsumida €37,5 mln maosh to‘lanadi. Qolaversa, yana 20,1 mln yevroni de Yong bonus sifatida qo‘lga kiritishi mumkin.

Reytingda ikkinchi o‘rinni «Barselona»ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski, uchinchi o‘rinni «Real Madrid»ning yangi futbolchisi Killian Mbappe egalladi.

Yuqori maoshlilar top-10ligiga David Alaba, Jud Bellingem, Vinisius Junior, Federiko Valverde, Tibo Kurtua (hammasi — «Real»), Yan Oblak («Atletiko» Madrid) va Ilkay Gyundogan («Barselona») kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring