Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Levandovski YChLda tarixiy natija qayd etdi

Levandovski YChLda tarixiy natija qayd etdi

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski YChL 1-turida «Viktoriya Plzen» jamoasiga 3ta gol urdi.

Ushbu natija orqali u ushbu turnirda 3 xil jamoa safida het-trikka erishgan birinchi futbolchiga aylandi. Bungacha u «Bavariya» va «Borussiya D» tarkibida shunday natijani qayd etgandi.

Mazkur gollari tufayli Levandovski kataloniyaliklar safida Chempionlar Ligasidagi debyutidayoq 3ta to‘p kiritgan ilk futbolchi maqomiga ham ega bo‘ldi.

Shuningdek, u Chempionlar ligasidagi gollari sonini 89 taga yetkazdi va «Real» hujumchisi Karim Benzemadan (86) o‘tib ketib, 3-pog‘onaga chiqib oldi.

Undan olingi o‘rinlarni Lionel Messi (125) va Krishtianu Ronaldu (140) egallab turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring