Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Messi supergoli evaziga jamoasiga g‘alaba keltirdi (video)

Messi supergoli evaziga jamoasiga g‘alaba keltirdi (video)

Lionel Messi o‘zining debyut uchrashuvida «Inter Mayami»ga g‘alaba keltirdi.

Amerika Liga kubogi guruh bosqich 1-turi doirasida «Inter Mayami» Meksikaning «Krus Asul» jamoasiga qarshi bahs o‘tkazdi.

Jamoaga yaqinda kelib qo‘shilgan Messi va Buskets ushbu uchrashuvning 54-daqiqasida maydonga tushirildi.

Bahs yakuniga yetib borayotgan vaqtda, 90+4-daqiqada Lionel Messi jarima zarbasini qoyilmaqom amalga oshirib, jamoasiga 3 ochko keltirdi.

Liga kubogi. J guruhi. 1-tur
Inter Mayami AQSh – Krus Asul Meksika – 2:1

Gollar: 1:0 – Teylor (44), 1:1 – Antuna (65), 2:1 – Messi (90+4).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring