Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murodjon Ahmadaliyevning janggi 12-raundda yakunlandi

Murodjon Ahmadaliyevning janggi 12-raundda yakunlandi
Bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev AQShning Texas shtatida professional ringdagi 11-jangini o‘tkazdi.

Ushbu jangda bokschimiz amerikalik Ronni Rios bilan jang qildi. 12 raundga mo‘ljallangan jang so‘nggi 12-raundda yakuniga yetdi. 

Bokschimiz so‘nggi raundda zarbalar seriyasi evaziga raqibini nokdaun qildi. Shundan so‘ng Rios jangni davom ettirdi. Biroq Murodjon yana tempni oshirdi va jang referini texnik nokaut qayd etdi. 

Ushbu g‘alaba orqali Murodjon ikkinchi yengil vazn toifasidagi o‘ziga tegishli WBA va IBF kamarlarini himoya qildi. 

Avvalroq, ushbu jang Sport TV kanali orqali efirga uzatilishi ma’lum qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring