«Manchester Yunayted» Mourinoni ishdan bo‘shatdi

Bugun, 18-dekabr kuni «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiy Joze Mourinoni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda klub saytida xabar berildi.
Klub rasmiylari unga murabbiylik uchun rahmat aytgan va kelgusida omadlar tilagan. Yangi murabbiy esa ushbu mavsum oxirigacha tayinlanishi aytilgan.
Mourino «Manchester Yunayted»ga 2016-yilning mayida bosh murabbiy etib tayinlangandi. U 2016/17-yilgi mavsumda jamoa bilan Angliya Ligasi kubogida, Yevropa Ligasi va Angliya Superkubogida zafar quchdi.
Hozircha jamoani Joze Mourinoning yordamchilaridan biri — Maykl Kerrik vaqtinchalik boshqarib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter