Navro‘z marafoni. Eksklyuziv video va fotoreportaj

Bugun, 20-mart kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamkorligida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan respublikamiz barcha hududlarining markaziy ko‘chalarida 21 km. masofadan iborat bo‘lgan «Navro‘z — 2018 marafoni»ni bo‘lib o‘tdi.
Marafon 2018 metr, 3 km., 21 km.dagi masofalarda 10-11-sinf hamda akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, OTM talabalari va mahallalardagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida o‘tkazildi.
G‘oliblar taqdirlandi!
- 21 km. — birinchi 10 talik uchun mukofot — velosiped, keyingi 300 kishi uchun mukofot — medal
- 3 km. — birinchi 3 talik uchun mukofot — velosiped, diplom, medal
- 2018 m. — birinchi 3 talik uchun mukofot — velosiped, diplom, medal
2018 m.ga yugurish bo‘yicha velosipedni qizlar qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 3 km.ga yugurish bo‘yicha o‘g‘il bolalarning qo‘li baland keldi va velosiped bilan taqdirlanishdi. 21 km.ga yugurish bo‘yicha 5 nafar o‘g‘il va 5 nafar qiz bola g‘olib bo‘lishdi.
21 km.ga birinchi bo‘lib yetib kelgan 300 nafar ishtirokchi medalga sazovor bo‘lishdi.
Qolgan barcha ishtirokchilarga tashkilotchilarning faxriy yorliqlari topshirildi.
E’tiborlisi, 16 nafar paralimpiyachi sportchilari homiylar sovg‘asi bilan takdirlanishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter