Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nodirbek Abdusattorov finalda g‘alaba qozondi

Nodirbek Abdusattorov finalda g‘alaba qozondi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov (2731) shaxmat bo‘yicha ChessKid Cup—2023 onlayn musobaqasi finalida g‘olib chiqib, grand finalga yo‘l oldi.

Hamyurtimiz finalda Yorden van Forestdan 2,5:1,5 hisobida ustun keldi. Endi Nodirbek mag‘lublar setkasida zafar quchgan shaxmatchi bilan grand finalda bahs yuritadi. Grand final 26 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Mag‘lublar setkasi finalida van Forest Fabiano Karuana va Jyul Mussar juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Unda yutgan grossmeyster hal qiluvchi bellashuvda Abdusattorovga qarshi dona suradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring