Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ot izidan. Shumaxerning o‘g‘li «Formula-1» poygasida debyutini o‘tkazdi

Ot izidan. Shumaxerning o‘g‘li «Formula-1» poygasida debyutini o‘tkazdi

Foto: «Sport-Ekspress»

Germaniyalik avtopoygachi Mik Shumaxer «Formula-1» musobaqasida debyutini o‘tkazdi. U Bahrayndagi test poygasida ishtirok etgan.

Yigirma yoshli pilotning boshqaruvida «SF 90» bo‘lgan va u 12 ta aylanani bosib o‘tdi. Mik Shumaxer — «Formula-1» musobaqasining yetti karra g‘olibi Mixael Shumaxerning o‘g‘lidir. U «Ferrari» jamoasi tarkibiga yanvar oyida qo‘shilgan edi va Bahraynda 31-martda o‘tkazilgan poygada oltinchi o‘rinni egalladi.

Mik Shumaxer «Formula-3» musobaqasining Yevropadagi g‘olibi hisoblanadi. Bu haqida «Xabar.uz» xabar berib o‘tgan edi. Kichik Shumaxer asosiy musobaqada ishtirok etish niyati borligini avvaldan bildirib kelgan.

Mixael Shumaxer 2013-yilda tog‘ chang‘isi vaqtida tosh ustiga yiqilgan va boshidan og‘ir jarohat olgandi. Poygachi shundan buyon koma holatida. Oxirgi vaqtlarda matbuotda Mixael Shumaxer mustaqil tarzda nafas olayotgani xabar qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring