Otabek Shukurov jarohat olib, ikki oyga safdan chiqdi
![Otabek Shukurov jarohat olib, ikki oyga safdan chiqdi](https://xabar.uz/static/crop/2/5/920__95_2586662485.jpg)
O‘zbekiston milliy jamoasi va BAAning «Sharja» klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov jarohat olib, ikki oyga safdan chiqdi. Bu haqida O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Ektor Kuper aytib o‘tgan.
— Otabek Shukurovning jarohati jiddiy. Terma jamoamiz shifokorining xabar qilishicha, u kamida ikki oy maydonga tusha olmaydi, — deydi Ektor Kuper.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston milliy jamoasi China Cup musobaqasida uchinchi o‘rin uchun mezbon Xitoyga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Otabek Shukurov ushbu uchrashuv vaqtida jarohat olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter