Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan mavsumning eng ko‘p daromad olgan klublari ma’lum bo‘ldi

O‘tgan mavsumning eng ko‘p daromad olgan klublari ma’lum bo‘ldi

Foto: Getty Images

Deloitte 2024/2025-yillar mavsumida eng ko‘p daromad olgan futbol klublari reytingini tuzdi.

O‘tgan mavsumda 1,16 mlrd yevro daromad olgan «Real Madrid» qatorasiga ikkinchi marta reyting yetakchisi bo‘ldi. Bundan oldin Madrid jamoasi daromadi 1,05 mlrd yevroni tashkil etgandi.

«Real» 2024/2025-yillar mavsumida bitta ham sovrin yutmagan.

2019/2020-yillar mavsumidan so‘ng ilk marta kuchli uchlikka qaytgan «Barselona» klubi ikkinchi pog‘onadan o‘rin oldi — €974,8 mln, uchinchi o‘rinda — «Bavariya» (€860,6 mln), to‘rtinchi — «Pari Sen-Jermen» (€837 mln).

Beshinchi o‘rinni egallagan «Liverpul» (€836,1 mln) bu pog‘onani Angliya klublari orasida birinchi bo‘lib zabt etdi. Jamoa Chempionlar ligasiga qaytishi va tijoriy daromadlari 7 foizga o‘sishi evaziga sakkizinchidan beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Reytingga kiritilgan 20 klubning umumiy daromadi 12,4 mlrd yevroni tashkil etdi. Bu 2023/2024-yillar mavsumiga nisbatan 11 foizga ko‘pdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring