O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi e’lon qilindi
O‘FA O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlar qatorida Srechko Katanets nomzodiga to‘xtalganini e’lon qildi.
«O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston milliy jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha bir qator ishlar olib borildi.
Bir qancha xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchikovlik bilan o‘rganib chiqildi. Murabbiylar kengashi hamda mutaxassislar tahlil va tavsiyasiga ko‘ra sloveniyalik tajribali murabbiy Srechko Katanets nomzodi ma’qul deb topildi.
O‘FA hozirga qadar sloveniyalik murabbiy bilan og‘zaki kelishuvga erishdi va kelayotgan hafta Srechko Katanets o‘zaro muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda», - deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter