Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Misrga qarshi oq libosda o‘ynaydi

O‘zbekiston Misrga qarshi oq libosda o‘ynaydi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ertaga Parij Olimpiadasidagi navbatdagi o‘yinini Misrga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda maydonga tushadi.

Uchrashuvni esa okeaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Kavana-Vauf Kempbell (Yangi Zelandiya), unga qanotlarda Trevis Isaak (Yangi Zelandiya) va Mutukera Bernard (Solomon orollari) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Hamilton Odettega (Yamayka) topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Misr o‘rtasidagi o‘yin 27 iyul soat 20:00 da «Stade de la Beaujoire» — «Bojuar» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring