Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston tarixda ilk bor FIFA Series musobaqasiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston tarixda ilk bor FIFA Series musobaqasiga mezbonlik qiladi

Foto: O‘FA.

Tarixda ilk bor O‘zbekiston mezbonlik qiladigan FIFA Series turnirining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘FA xabar berdi

FIFA tomonidan har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan FIFA Series xalqaro futbol musobaqasi doirasida turli konfederatsiyalarga mansub milliy terma jamoalar o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi.

Musobaqa mini-turnirlar shaklida o‘tkazilib, har bir mini-turnirda to‘rt jamoa ishtirok etadi hamda bellashuvlar bitta markazlashgan mezbon davlatda bo‘lib o‘tadi. 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda ilk bor bo‘lib o‘tadigan mazkur turnir ishtirokchilari rasman e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mezbon O‘zbekistondan tashqari musobaqada Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela milliy terma jamoalari ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring