Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natija

O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natija

O‘zbekiston delegatsiyasi Parijdagi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.

O‘yinlar O‘zbekiston tarixidagi eng muvaffaqiyatlisi bo‘ldi. Sportchilarimiz 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzadan iborat 13 ta medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston 206 davlat orasida 13-o‘rinni, Markaziy Osiyo, MDH, Islom birdamligi, Iqtisodiy hamkorlik va Turkiy davlatlar tashkilotlari davlatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. Osiyoda O‘zbekiston Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiyadan keyin 4-o‘rinni egalladi. Boks musobaqalarida mamlakatimiz 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, eng yaxshi jamoa bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning avgust oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiada o‘yinlarida TOP-15 ta mamlakat qatoridan joy olish uchun barcha imkoniyatlar borligini ta’kidlagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring