Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 2025 yili yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonda 2025 yili yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining «O‘zbekistonda 2025 yil yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamalari portaliga joylashtirildi.

O‘zbekiston sport delegatsiyasi 2019 yilning 28 sentyabr kuni Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya Kengashining 73-ijroqo‘m yig‘ilishida ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida delegatsiya Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayx Axmad Al-Faxad Al-Sabax hamda Osiyo Olimpiya Kengash a’zolari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda O‘zbekistonda 2025 yilda yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlari va 2030 yilda XXI yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishi masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Ijroqo‘m kun tartibiga ko‘ra Toshkentda 2025 yilda yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha 10 daqiqalik taqdimot o‘tkazildi.

O‘zbekistonda 2025 yilda yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha taqdimotdan so‘ng, O‘zbekistonda barcha sharoitlar, shu jumladan ushbu xalqaro musobaqani o‘tkazish bo‘yicha zarur sport infratuzilmasini tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni inobatga olib, Osiyo Olimpiya Kengashi Toshkentda ushbu nufuzli tadbirni o‘tkazishga rozilik bildirdi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda 2030 yilda XXI yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishi bo‘yicha taqdim qilingan talabnoma qabul qilindi hamda 2020-2021-yillarda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Osiyo Olimpiya Kengashining yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

Yoshlar o‘rtasidagi yozgi Osiyo o‘yinlari 43 ta xorijiy mamlakatdan, kamida 9 ta sport turidan 14-17 yoshli sportchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Birinchi yoshlar o‘rtasida yozgi Osiyo o‘yinlari 2009 yilda Cingapurda o‘tkazilgan edi. 2013 yilda Nankin (Xitoy), 2017 yilda Xambantotada (Shri-Lanka) o‘tkazilgan bo‘lsa, 2021 yilda Shantauda (Xitoy) o‘tishi rejalashtirilgan.

2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari Toshkent va Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring