Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik futbolchi ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekistonlik futbolchi ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi

Bangladesh futbol federatsiyasi (BFF) tomonidan noqonuniy faoliyatda qatnashish, shu jumladan onlayn pul tikish, spot o‘yinlar o‘tkazish, o‘yinlarni manipulyasiya qilish va kelishilgan o‘yinlarda qatnashishda ayblangan ikki klub jazolandi.

Unga ko‘ra, Premer-ligasi ishtirokchisi «Uttara Baridhara» va 1-liga ishtirokchisi Karvan Bazar» 2 va 3-divizionga tushirib yuborildi.

Manbada aytilishicha, «Baridxara» klubi chempionat doirasida «Abahani» va «Sheyk Jamal»ga qarshi o‘yinlarda onlayn pul tikishda ishtirok etgan.

Natijada «Baridxara» klubining 5 nafar futbolchisi, jumladan, o‘zbekistonlik himoyachi Saiddoston Fozilov ham aybdor deb topilgan va ikki yilga diskvalifikatsiya qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring