Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parij-2024. AQSh medallar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tarildi

Parij-2024. AQSh medallar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tarildi

Noa Layls. Uning 100 metrlikdagi g‘alabasini fotofinish aniqlab berdi.

Foto: Sport-Ekspress

Parij Olimpiadasida musobaqalarning 9-kunidan so‘ng AQSh terma jamoasi medallar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Amerikalik sportchilar 4-avgust kuni 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Oltin: Skotti Sheffler (golf), Kristen Folkner (velosport, jamoaviy poyga), Bobbi Fink (suzish, 1500 m), ayollar o‘rtasida kompleks suzish estafetasi 4x100 m, Noa Layls (yugurish, 100 m).

Kumush: Breydi Ellison (kamondan otish), erkaklar o‘rtasida kompleks suzish estafetasi 4x100 m.

Bronza: Ostin Smit (stendda o‘q otish, skit), Sunisa Li (sport gimnastikasi, turli balandlikdagi bruslar) va Fred Kerli (yugurish, 100 m).

Olimpiadaning 9-kunidan so‘ng AQSh terma jamoasi medallari jami soni 71 taga yetdi: 19 ta — oltin, 26 ta — kumush, 26 ta — bronza.

O‘zbekiston terma jamoasi jami 3 medal (1 oltin, 2 bronza) bilan 31-pog‘onadan o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring