Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parij-2024. Tashkilotchilar Janubiy Koreya terma jamoasini xafa qilishdi

Parij-2024. Tashkilotchilar Janubiy Koreya terma jamoasini xafa qilishdi

Foto: Iz.ru

Kecha Parijdagi Olimpiada paradida Janubiy Koreya terma jamoasi nomi noto‘g‘ri, ya’ni KXDR (Koreya Xalq Demokratik Respublikasi) deb e’lon qilingan. Bu haqda Yonhap xabar berdi.

Aytilishicha, shundan so‘ng Janubiy Koreya sport va olimpiya qo‘mitasi Parijda tezkor yig‘ilish o‘tkazib, ehtimoliy javob choralarini muhokama qilgan.

To‘ldirilgan xabar: Xalqaro olimpiya qo‘mitasi yuqoridagi holat uchun Janubiy Koreya sportchilaridan kechirim so‘radi. XOQ prezidenti Tomas Bax holatni muhokama qilish uchun Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol bilan uchrashishi aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring