Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parij olimpiadasining ochilish marosimida kuchli yomg‘ir kutilmoqda

Parij olimpiadasining ochilish marosimida kuchli yomg‘ir kutilmoqda

Foto: Pixabay

Fransuz meteorologlari bugun, 26-iyul kechki payt Parijda sharros yomg‘ir yog‘ishini prognoz qilishdi. Bu XXXIII Yozgi olimpiada o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi paytiga to‘g‘ri keladi.

«Kechki Parij bir necha soatgacha tabiat hodisasi qurshovida qoladi. 26-iyul tongida yomg‘ir kutilyapti va afsuski, u kechga borib kuchayadi. Soat 18 dan 19 gacha yog‘ingarchilik umumiy miqdori sezilarli — 25-30 mm gacha bo‘ladi. Solishtirish uchun: bir necha soatda 15 kunlik me’yorga teng yomg‘ir yog‘adi. Bu yomg‘ir olovni o‘chira oladi (ochilish marosimida Olimpiada olovi yoqiladi — tahr.). Ancha kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda», — dedi meteorolog Patrik Marler.

Parij olimpiadasining ochilish marosimi bugun, 26-iyul kuni bizning vaqt bilan soat 22:30 da boshlanadi.

Olimpiadalar tarixida tantanali ochilish marosimi ilk marotaba stadiondan tashqarida, Sena daryosi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Unga 320 ming tomoshabin kelishi kutilmoqda. Marosimga 100 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari taklif etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring