Paulino kutilmaganda «Barselona»ni tark etdi. U yana Xitoyga qaytdi
![Paulino kutilmaganda «Barselona»ni tark etdi. U yana Xitoyga qaytdi](https://xabar.uz/static/crop/1/0/920__95_1020676533.jpg)
«Barselona» yarimhimoyachisi Paulino «Guanchjou Evergrand» klubiga qaytdi, deb xabar bermoqda «Sports.ru».
Xitoy klubi 29 yoshli braziliyalik futbolchining transferini tasdiqladi, ammo shartnoma shartlarini oshkor qilmadi. «Barselona» klubi hozircha bu xabarni tasdiqlagani yo‘q.
«Mundo Deportivo» nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Paulinoni 50 million yevroga sotishgan. Futbolchining o‘zi esa «Guanchjou Evergrand» klubida yiliga 14 million yevro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» o‘tgan yili Paulinoni «Guanchjou»dan 40 million yevro evaziga xarid qilgandi. Futbolchi kataloniyaliklar tarkibida muvaffaqiyatli to‘p surdi. Jumladan, La Liga doirasida 34 o‘yinda maydonga tushib, 9 gol va 3 golli pas muallifi bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter