Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» Benzema bo‘yicha muhim xabarni e’lon qildi

«Real» Benzema bo‘yicha muhim xabarni e’lon qildi

Fransiyalik hujumchi Karim Benzema futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati mavsumi yakunlangandan so‘ng «Real»ni tark etadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Karim Benzemaning «Real Madrid»dagi faoliyati xulq-atvor va professionallik, shuningdek, klubimiz qadriyatlari namunasi bo‘ldi. Karim Benzema o‘z kelajagini hal qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

«Real Madrid» har doim uning uyi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi va u va uning butun oilasiga hayotining yangi bosqichida yeng yaxshi tilaklarni tilaydi», — deyiladi klub bayonotida.

Benzemaning ispan jamoasi bilan shartnomasi La Liga mavsumi yakunida tugaydi.

Fransiyalik futbolchi «Real» bilan birgalikda Ispaniyaning to‘rt karra chempioni, uch karra kubok sohibi va mamlakat Superkubogining to‘rt karra sohibiga aylandi.

Shuningdek, u 5 marta Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring