Ronaldu Tehronga boradimi?

Saudiyaning «An-Nasr» klubi Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finalining Tehronda «Istiqlol»ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinini neytral maydonga ko‘chirishni so‘radi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Jamoa portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronalduning hayoti va xavfsizligidan xavotirda. Bunga asoslar bor. Masalan, 2023-yil sentyabrida «An-Nasr» Tehronda «Persepolis»ga qarshi o‘yin o‘tkazganida mahalliy fanatlar Ronaldu yashayotgan mehmonxonaga kirishga urinishgan.
Osiyo futbol konfederatsiyasi «An-Nasr»ga rad javobini berdi. O‘yin rejalashtirilganidek, 3-mart kuni «Ozodiy» stadionida o‘tkaziladi. Ronaldu bu o‘yinga borish-bormasligi noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter