Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavi kelasi hafta «Barselona» boshqaruviga o‘tishi mumkin

Xavi kelasi hafta «Barselona» boshqaruviga o‘tishi mumkin

«Barselona» klubi sobiq yarim himoyachisi, ayni vaqtda Qatarning «As Sadd» klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Xavi kelasi hafta kataloniyaliklar boshqaruviga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Muhammad Nahlexning tvitterdagi sahifasiga asoslanib xabar berib o‘tildi.

39 yoshli Xavi uchun «Al-Duhail»ga qarshi shahzoda kubogi finalida kechadigan bahs «As-Sadd» boshqaruvida o‘tadigan so‘nggi uchrashuvi bo‘lishi kutilmoqda. «Barselona» bilan aynan shunga kelishib olingan.

Xavining agenti ayni damda Dohada «Barselona» bilan bo‘lajak shartnomaning so‘nggi tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Tomonlar deyarli kelishib bo‘lgan va kelgusi hamkorlikning faqat kichik tafsilotlarini hal qilishlari kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring