Yirik xalqaro musobaqa mezbonligi Rossiyadan olib qo‘yildi

44-shaxmat Olimpiadasi Rossiyada o‘tkazilmaydi. Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) shu qarorga keldi.
«FIDE kengashi 44-shaxmat Olimpiadasini, jumladan, imkoniyati cheklangan o‘yinchilar uchun musobaqalarni hamda FIDE kongressini Rossiyada o‘tkazmaslik to‘g‘risida qaror chiqardi», — deyiladi xabarda.
Turnir qaysi mamlakatda o‘tkazilishi hozircha noma’lum.
Olimpiadaning yangi tashkilotchisini topish hamda FIDEning 2022 yildagi kongressi o‘tkazilish joyi va sanasi haqida axborot berish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz, deyiladi tashkilot bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilgi shaxmat Olimpiadasi Moskvada 26-iyuldan 8 avgustga qadar o‘tkazilishi kerak edi.
Ma’lumot uchun: Xalqaro shaxmat federatsiyasining prezidenti Arkadiy Vladimirovich Dvorkovich — rossiyalik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter