Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yuventus» Shomurodov borasida «Jenoa» bilan bog‘landi

«Yuventus» Shomurodov borasida «Jenoa» bilan bog‘landi

Foto: «Twitter.com»

«Yuventus» «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodovni taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

«Byankonerlar» sport direktori Fabio Paratichi Krishtianu Ronaldu, Paulo Dibala va Alvaro Moratadan xarakteristika bo‘yicha farq qiluvchi to‘rtinchi hujumchini olib kelishni rejalashtirmoqda.

Turin klubi «Rostov»ning sobiq futbolchisini transfer qilish borasida Grifonlar rahbariyati bilan bog‘landi, deya ta’kidlaydi Calciomercato.com.

Shomurodov oktyabr oyida bonuslar bilan birga to‘qqiz million yevro evaziga «Jenoa»ga o‘tgan edi.

A Seriyaning 12 uchrashuvida u ikkita gol urdi.

Avvalroq Turin klubi hujumchi Alvaro Morataning o‘rniga zaxira variant qidirayotgani, Eldor Shomurodov ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgani, Italiyaning nomdor nashri «Tuttosport» o‘zining birinchi sahifasida ushbu xabarga joy ajratgani haqida ma’lum qilgandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring