Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Fransiya futboli afsonasi va «Real Madrid»ning sobiq murabbiyi Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi lavozimini egalladi. Bu haqda terma jamoaning X ijtimoiy tarmoq platformasidagi sahifasida e’lon qildi.
Bu tayinlov jamoani 14 yil boshqargan Dide Desham iste’foga chiqqanidan ikki hafta o‘tgach amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya 2026 yilgi Jahon chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Deshamning milliy terma jamoa murabbiyi sifatidagi so‘nggi o‘yini mag‘lubiyat bilan yakunlandi va fransuzlar Angliyaga 6:4 hisobida yutqazdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter