Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farovon yashash uchun o‘zbekistonliklarning daromadi qancha bo‘lishi kerak?

Farovon yashash uchun o‘zbekistonliklarning daromadi qancha bo‘lishi kerak?

Yashash narxi bo‘yicha dunyoning eng yirik ma’lumotlar bazasi bo‘lgan Numbeo nashrining 27-avgustdagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda soliqlarni hisobga olgan holda o‘rtacha ish haqi 278,79 dollar (3 mln. 48 so‘m)ni tashkil etadi.

Bu esa bir kishi uchun qulay yashash xarajatlaridan 116 dollarga kamdir.

Ya’ni nashrga ko‘ra, O‘zbekistonda bir oy qulay sharoitlarda yashash uchun 4 kishilik oilaga 1 424 AQSh dollari (15 mln 567,3 ming so‘m), turar joyni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun esa taxminan 392 dollar (4,3 mln so‘m) kerak bo‘ladi.

Jumladan, Toshkent shahrida yashash respublikaning boshqa mintaqalariga qaraganda biroz qimmat. Numbeo nashri, shu sababli, poytaxtda istiqomat qiluvchi 4 kishidan iborat oilaning farovon yashashi uchun 1 547 dollar (16,9 mln so‘m), bir kishi uchun esa 423 dollar (4,6 mln so‘m) kerak bo‘ladi, deb yozadi.

Qo‘shni mamlakatlarda ham narxlar deyarli bir xil. Masalan, Qozog‘istonda oilaga 1,4 ming dollar, bir kishiga 395 dollar kerak bo‘ladi. Tojikiston va Qirg‘izistondagi oilalarga mos ravishda 1,44 ming va 1,3 ming dollar kerak bo‘ladi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring