Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kashandalar boshqalardan ikki yarim hafta kam ishlaydi — tadqiqot

Kashandalar boshqalardan ikki yarim hafta kam ishlaydi — tadqiqot

«Ishdagi ishq» filmidan kadr.

Britaniyaning bozor tadqiqotlari va ma’lumotlar tahlili bilan shug‘ullanuvchi YouGov kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, sigareta chekish haftalik ish vaqtining o‘rtacha ikki soatidan ko‘prog‘ini, yiliga 92 soatini «o‘g‘irlaydi» (ta’til va bayram kunlari ham shuning ichida). Bu haqda Bild xabar berdi.

Shu tariqa kashandalar o‘zlari uchun «ikki yarim haftalik ta’til» yaratishmoqda, deyiladi tadqiqotda.

So‘rovda qatnashganlarning 69 foizi ish kuni davomida chekish uchun qancha vaqt sarflashini bilmasligini aytgan. So‘rovda ishtirok etganlarning katta yarmi esa bunday tanaffuslar ish jadvalida ko‘zda tutilgan tushlik yoki dam olish vaqtidan tashqari bo‘lishiga iqror bo‘lgan.

Aksariyat kashandalar chekmaydigan hamkasblari ularning chekishga vaqt ketkazishidan norozi emas ekanini bildirgan. Faqat har beshinchi kashanda ishxonada salbiy munosabatga uchragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring