Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuniga atigi ikki dona kartoshka umringizni uzaytirishi mumkin

Kuniga atigi ikki dona kartoshka umringizni uzaytirishi mumkin

Foto: Pogovorim.by

Kartoshka ko‘pincha foydali oziq-ovqatlar ro‘yxatiga kiritilmaydi. Ammo norvegiyalik olimlar o‘tkazgan va Nutrition jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalari buning aksini ko‘rsatmoqda.

Sciencenorway yozishicha, Oslo universiteti va Norvegiya jamoat ovqatlanishi instituti hamkorlikda ulkan tadqiqot o‘tkazdi. Olimlar aholi ((77 297 kishi) o‘rtasida ovqatlanish odatlari haqida 1974–1988-yillar davomida o‘tkazilgan so‘rovlar ma’lumotlarini o‘rganishdi. So‘ngra oradan 40 yil o‘tib, tadqiqotda qatnashganlar o‘rtasida kuzatilgan o‘lim ko‘rsatkichlari sabablari (27 848 ta holat) tekshirildi.

Tadqiqotga ko‘ra, kelgusi 40 yilda 1970-1980-yillarda kuniga kamida ikki donadan kartoshka iste’mol qilganlar o‘rtasida o‘lim holatlari, har kuni kartoshka yemaganlarga qaraganda, 12 foiz kam qayd etilgan.

Tadqiqotda kishilarning yoshi, jinsi, tamaki chekishi yoki chekmasligi, jismoniy faolligi, go‘sht, baliq, yog‘ va margarin iste’mol qilishi kabi omillar hisobga olingan. E’tiborli jihati, natijalar ayollar va erkaklar uchun bir xil chiqqan, vazn, tamaki chekish va jismoniy faollik kabi omillar hech qanday rol o‘ynamagan.

Yana bir qiziq fakt ma’lum bo‘ldi: muntazam kartoshka iste’mol qiluvchilar o‘rtasida yurak xastaliklaridan o‘lim holatlari juda kam kuzatilgan.

Mualliflar aniqlik kiritishicha, iste’mol qilingan kartoshkaning har 100 grammi yurak-qon tomir xastaliklari bilan bog‘liq o‘lim xavfini 4 foizga kamaytirgan.

Kartoshkaning qanday pishirilishi juda muhim! Aynan qaynatilgan kartoshka foydali — uning glikemik indeksi past va oziq moddalariga boy.

Tadqiqotchilar Norvegiyada kartoshka asosan qaynatilgan holda iste’mol qilinishiga ham e’tibor qaratishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring