Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston respondentlarining 86 foizi turmush darajasi yaxshilanayotganini bildirishdi

O‘zbekiston respondentlarining 86 foizi turmush darajasi   yaxshilanayotganini bildirishdi

foto: (CERR) «GALLUP»

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) «GALLUP» tadqiqot va konsalting tashkiloti tomonidan jamoatchilik fikrini o‘rganish asosida tayyorlanayotgan yillik global so‘rovnoma (Gallup World Poll) bo‘yicha hisobotini tahlil qildi.

Gallup 2022-jahon so‘rovida O‘zbekiston postsovet (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Rossiya, Belarus, Moldova, Ukraina) Yevroosiyo mintaqasi mamlakatlari orasida farovonlik indeksi bo‘yicha eng yaxshi natijalardan birini ko‘rsatgan. Ya’ni farovonlik indeksi (0 dan 10 ballgacha) 6,0 ballni tashkil etdi, ushbu indeksning mintaqadagi o‘rtacha ko‘rsatkichi esa 5,7 ballga teng.   

So‘rov natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning 39 foizi hozirgi kunda o‘z farovonligi oshib borayotganligini ta’kidlagan, bu mintaqaviy o‘rtacha 30 foizdan sezilarli darajada yuqori.

O‘zbekiston aholisining atigi 2 foizi o‘z hayotlarida qiyinchiliklarga duch kelayotganliklarini qayd etishgan, bu mintaqaviy o‘rtacha ko‘rsatkichdan 6 foizga past. Shu bilan birga, Gallup baholashlariga ko‘ra, pandemiya davridan so‘ng aholining farovonligi eng tez tiklangan mamlakatlardan biri hisoblanadi.

O‘zbekistonliklar kelgusi 5 yildagi farovonligini 8,7 ball deb baholaganlar. Xususan, kelajakdagi farovonligini kutish borasida O‘zbekiston mintaqada eng yaxshi natijani ko‘rsatgan, mintaqaning o‘rtacha ko‘rsatkichiesa 7,4 ballni tashkil etgan.

Respondentlarning 86 foizi hozirgi paytda turmush darajasi yaxshilanayotganligini bildirishgan va ushbu ko‘rsatkichning mintaqadagi o‘rtacha darajasi 40 foizni tashkil etgan.

So‘rovda qatnashgan O‘zbekiston aholisining 80 foizi hozirgi moliyaviy holatidan qoniqayotganligini bildirishdi, bu mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, mintaqa uchun o‘rtacha ko‘rsatkich 60 foizni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun: Gallup 2005 yildan beri har yili 160 mamlakat o‘rtasida (har bir davlatdan 1000 kishi) dunyo bo‘ylab so‘rov o‘tkazib kelmoqda, bu 15 yoshdan oshgan dunyo aholisining 98%ini tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring