Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abituriyentlar diqqatiga! Bugun OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashning so‘ngi kuni

Abituriyentlar diqqatiga! Bugun OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashning so‘ngi kuni

Barcha abituriyentlar bugun soat 23:59 gacha my.gov.uz portali orqali ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari mumkin.

Buning uchun:

  • my.gov.uz dagi «Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish» xizmatidan «OTM tanlash» bo‘limiga o‘ting.
  • «Tanlov ustuvorligi» va «Maqsadli qabul» bo‘yicha tanlovni amalga oshiring.
  • O‘zingiz topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan 5 tagacha OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlang (ta’lim shakli bilan birga).
  • Tanlovlarni bitta yoki turli OTMlar doirasida amalga oshirishingiz mumkin.
  • Tanlovni yakunlab, «Saqlash» tugmasini bosing. Telefoningizga SMS-xabar keladi, kodni tasdiqlang.
  • «Abituriyent qayd varaqasi»ni yuklab oling va saqlab qo‘ying.

Eslatma: Tanlov natijalari OTMni tanlash jarayonlari yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring