Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aziza Shonazarova Kolumbiya universitetining ilk o‘zbek professori bo‘ldi

Aziza Shonazarova Kolumbiya universitetining ilk o‘zbek professori bo‘ldi

Aziza Shonazarova.

33 yoshli Aziza Shonazarova Kolumbiya universitetining tenure track pozitsiyasi, ya’ni umrbod professorlik lavozimiga qabul qilingan ilk o‘zbek olimasi bo‘ldi. Bu haqda telegramdagi «Oʻzbekoyim» kanali xabar bermoqda.

Kolumbiya universiteti Ivy League (o‘zbek tilida pechaklar ittifoqi degan ma’noni beradi) toifasiga kirgan. Ayvi ligaga AQShdagi eng nufuzli 8 ta – Brown, Columbia, Cornell, Dartmouth college, Harvard, Princeton, Pennsylvania, Yale universitetlar kirgan.

Tenure track pozitsiyasiga professor va professor assistenti ishga olinib, ular bilan tuziladigan mehnat shartnomasi universitet ma’muriyati tomonidan bekor qilinmaydi. Bunday shartnomaning asosiy maqsadi – olimning erkinligini (academic freedom) ta’minlashdir.

Aziza Shonazarova Female religiosity and gender history in pre-modern Central Asia (O‘rta asrlardagi Markaziy Osiyoda genderlik tarixi va ayollar dindorligi) mavzusida AQShning Indiana – Blumington universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.  Ikkita yo‘nalishda (dinshunoslik va Markaziy Osiyo tarixi) PhD – falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.

«Buyuk ajdodlar merosidan buyuk avlodlar erasiga yetib keldik va nihoyat! Yoshlar, mana sizga motivatsiya, zamona qahramoni. Dunyoning kuchli olimlari ishlaydigan Kolumbiya universitetida 33 yoshli oddiy o‘zbek olimasi Aziza Shonazarova ham bor. Biz bundan faxrlanishimiz kerak!», deb yozadi kanal muallifi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring