Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bizga farzandingizni ishonib topshirishingiz mumkin — O‘zbekistonda «Aqlvoy» telekanali ish boshladi

Bizga farzandingizni ishonib topshirishingiz mumkin — O‘zbekistonda «Aqlvoy» telekanali ish boshladi

O‘zbekistonda bolalar uchun mo‘ljallangan «Aqlvoy» telekanali ish boshladi. Bugun Maktabgacha ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida telekanal haqida ma’lumot berildi va jurnalistlar savollariga javob qaytarildi.

Ayni vaqtda O‘zbekistonda 10 yoshgacha bo‘lgan 7,5 milliondan ortiq bolalar istiqomat qilmoqda. «Aqlvoy» telekanali auditoriyasini asosan 3 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etishi kutilmoqda va shunga monand qiziqarli dasturlar berib borishi ko‘zda tutilgan.



Telekanal rahbariyati tomonidan ma’lum qilinishicha, barcha xorijiy dasturlar, filmlar va multfilmlar faqat rasmiy ravishda sotib olinadi. Buning uchun dunyoning yetakchi kompaniyalari — Sony, Disney va Universal bilan muzokara olib borilmoqda. Shuningdek milliy qahramonlar ishtirokida animatsion filmlar tayyorlanadi.

«Hozirda internet tarmog‘ida bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi turli-tuman manbalar mavjud. Biz bolalarni tarbiyalashda yordam beradigan dasturlar tashkil etishni maqsad qilganmiz. Siz farzandingizni bizga ishonib topshirishingiz mumkin», — deyildi tashkilotchilar tomonidan.



«Aqlvoy» telekanali ertalab soat 07.00dan to kechki 22.00ga qadar efirga uzatiladi. Kelajakda onlayn translyasiya tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring