Chet tilidan sertifikat imtihonlari avgustda ham o‘tkaziladi

Chet tili imtihonlari avgust oyida ham o‘tkazilishi belgilandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yil sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari avgust oyida ham o‘tkaziladi.
Avgust oyidagi imtihonda:
Tillar: ingliz, nemis, fransuz tillari
Ro‘yxatdan o‘tish: 15–18 avgust kunlari
To‘lov muddati: 19 avgust
Imtihon sanasi: 28 avgust.
Ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshiriladi.
Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlariga qulay hududni tanlab, imtihonda aynan shu hududda ishtirok etishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter