Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kasblar bozorida yangi yo‘nalish: Toshkentdagi kollejda Puchon universiteti standartida mutaxassislar tayyorlanadi

Kasblar bozorida yangi yo‘nalish: Toshkentdagi kollejda Puchon universiteti standartida mutaxassislar tayyorlanadi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji (TATKHK) va Puchon universitetining hamkorlikdagi yangi loyihasiga asosan abituriyentlarning ilk oqimi qabul qilindi. Qabul komissiyasining yakuniy xisobotiga ko‘ra, «Boshqaruv qurilmalarini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish» fakultetida 2 ta guruh tashkil etilgan. O‘quv jarayoni boshlab yuborilgan.

Foto: «Xabar.uz»

2019-yil 1-martidan e’tiboran O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan «Boshqaruv qurilmalarini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish» fakultetida ilk talabalarni o‘qitish jarayoni boshlandi. 

TATKHK o‘quv binosining bir qavati Puchon universiteti standartlari va dizayniga mos ravishda jihozlandi. Amaliy mashg‘ulotlar uchun laboratoriyalar Janubiy Koreya hamkorlari tomonidan taqdim etildi. O‘quv rejasi ham Puchon universiteti tomonidan taqdim etilgan va O‘zbekiston Respublikasi standartlariga moslashtirilgan. Kollej o‘qituvchilari Janubiy Koreyada amaliyot o‘tadilar.

Foto: «Xabar.uz»

2-bosqichni tamomlab, koreys tili bo‘yicha III-darajani olgan (TOPIK) hamda maxsus fanlarni o‘zlashtirgan talabalarga mahalliy namunadagi diplom beriladi va ular o‘qishning 3 bosqich bakalavr yo‘nalishini Puchon Universitetida (Janubiy Koreya) davom ettiradilar.

Til sinovlaridan o‘tmagan talabalarga mutaxassislikka egaligini tasdiqlovchi va kasbi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi mahalliy namunadagi diplom beriladi. Maxsus fanlardan «4» yoki «5» baho olgan, lekin koreys tilidan 3-darajani (TOPIK) ola olmagan talabalarga kelgusi yilda koreys tilidan 3-darajani (TOPIK) olishlari yana bir imkoniyat beriladi. Agar talaba imtihonni muvaffaqiyatli topshirsa va koreys tilidan 3-darajani (TOPIK) olsa, u kelgusida 3 –bosqich bakalavr yo‘nalishini Puchon Universitetida (Janubiy Koreya) davom ettirish uchun ariza berishi mumkin.

Foto: «Xabar.uz»

«Qurilma-dasturiy kompleksni ishlab chiqish yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni o‘qitish yaqin kunlarda mutaxassislarning yangi tarmog‘ini yaratadi va O‘zbekiston Respublikasida elektronika sanoatida professionallikni sezilarli darajada oshiradi. Davlatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamini hisobga olgan holda, o‘z loyihalarini ishlab chiqishga va shunga mos ravishda ishlab chiqaruvchi kadrlarga bo‘lgan talab geometrik progressiya tarzida o‘sib bormoqda», deya izoh beradi TATKHK direktori Dmitriy Li.

Puchon universitetida bitiruvchilarni ishga joylashtirishda ko‘maklashuvchi maxsus bo‘lim faoliyat yuritadi.  O‘zbekistondan Koreyaga borgan TATKHK talabalariga ham tegishli yordam beriladi. Universitet malakali kadrlarga qiziqqan yirik korporatsiyalar va firmalar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring