Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Magistratura qabul kvotasi tasdiqlandi

Magistratura qabul kvotasi tasdiqlandi

Foto: Xabar.uz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024/2025-o‘quv yilida mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti e’lon qilinganini ma’lum qildi.

Magistratura mutaxassisliklari uchun davlat OTMlarida jami 17 500 ta o‘rin ajratilgan.

Davlat granti uchun ajratilgan kvotalar — 9 365 ta. Shundan o‘zbek tili — 8 092 ta, rus tili — 1 273 ta.

Kontrakt — 8 135 ta kvota, shundan o‘zbek tili — 6 539 ta, rus tili — 1 596 ta.

Avvalroq davlat OTMlarida yangi o‘quv yilining bakalavriat bosqichi uchun ta’lim yo‘nalishlari, tillar, yo‘nalishlar va OTMlar kesimida qabul kvotalari e’lon qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring